13 apr 12:46
Yangiliklar
Billie Jean King Cup. Yaponiyaga yakkalikning har ikki uchrashuvida ham yutqazdik. Juftlik bahsi rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi
O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralash guruh bosqichining uchinchi uchrashuvida ham mag'lubiyatga uchramoqda. Biroz avval guruh peshqadami Yaponiyaga qarshi kechgan har ikkala yakkalik o'yinida mag'lubiyatga uchradik.
WTA reytingida tennischilarimizdan ancha yuqorida borayotgan Kunchiqar yurt vakilalari ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozonishdi. Reytingi bo'lmagan Sabrina Olimjonova 48 daqiqa davom etgan bahsda WTA tasnifida 216-o'rinni egallab turgan Himeno Sakatsumega 1/6, 2/6 hisobida yutqazdi.
Ikkinchi uchrashuvda esa WTA reytingida 991-pog'onadan joy olgan Sevil Yuldasheva dunyoning 179-raketkasi Mai Hontamaga 1/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu bahs 1 soatu 9 daqiqa davom etgan. Birozdan so'ng juftliklar o'rtasida o'tkaziladigan uchrashuv terma jamoalarning umumiy natijasiga hech qanday tasir o'tkazmaydi.
Fikrlar