13 apr 10:58
Yangiliklar
Billie Jean King kubogi. Hindiston - O'zbekiston 3:0
Kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Hindistonga qarshi kortga chiqib, barcha o'yinlarda mag'lub bo'ldi. Yakkalik bahslarida Sabrina Olimjonova Rutuja Bosalega 7/5, 2/6, 4/6, Sevil Yuldasheva esa WTA reytingida 221-o'rinda borayotgan Ankita Rainaga 4/6, 2/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning umumiy natijasiga tasir o'tkazmagan juftliklar bahsida esa hamyurtlarimiz Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixanova hamkorligi hindistonliklar SHrivalli Rashmikaa hamda Vaydexi CHaudxari tandemiga qarshilik ko'rsata olishmadi - 1/6, 0/6.
Kunning qolgan o'yinlarida Yaponiya Tailandni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Janubiy Koreya terma jamoasi xitoylik raketka ustalaridan 2:1 hisobida ustun kelishdi.
Fikrlar