So’nggi yangiliklar

11:24ФИФА Фаластинда футболни ривожлантириш учун катта миқдрода пул ажратади 0 11:03Мағлубияти йўқ UFC жангчиси Махачевни "вызов"ни қабул қилишга чақирди 0 10:42Йоэль Ромеро севимли беш жангчиси сафига икки россияликни ҳам қўшди 0 10:21WBC чемпионларга топшириладиган қимматбаҳо тақинчоқни тақдим этди + ФОТО 0 10:00"Атлетико"нинг асосий юлдузи Жаҳон чемпионатидан кейин "Барселона"га ўтади 0 09:39Мялин ва Качанов Жаҳон кубогининг илк босқичида иштирок этади 0 09:06Халқаро Турон федерацияси АҚШ Конгресси томонидан эътироф этилди 0 08:30Александр Усик боксдан кетиш санасини аниқ билиши ҳақида гапирди 0 23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташлади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0

14 apr 08:37
Yangiliklar

Tennis

Billie Jean King kubogi. Kecha Yaponiyaga mag'lub bo'lgan edik, bugun Janubiy Koreyaga qarshi kortga chiqamiz

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda tennis bo'yicha ayollar o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan "Billie Jean King" turniri o'tkazilmoqda.

Kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralash bahslari doirasidagi uchinchi uchrashuvda Yaponiya ayollar terma jamoasiga qarshi kortga chiqdi.

Ilk yakkalik o'yinida Sabrina Olimjonova WTA tasnifida 216-o'rinni egallab turgan Himeno Sakatsumega 1/6, 2/6 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda Sevil Yuldasheva dunyoning 179-raketkasi Mai Hontamaga 1/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Juftliklar bahsida esa hamyurtlarimiz Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixanova hamkorligi yaponiyaliklar SHuko Aoyama hamda Eri Xozumi tandemiga qarshilik ko'rsata olishmadi - 0/6, 0/6.

Bugun vakilalarimiz guruh autsayderlaridan biri bo'lmish — janubiy koreyalik raketka ustalariga qarshi kortga chiqishadi.

Turnirning bugungi taqvimi:

Koreya Respublikasi - O'zbekiston
Xitoy - Yaponiya
Hindiston - Tailand.

Uchrashuvlar 10:00 da poytaxtimizdagi Tennisga ixtisoslashgan Olimpiya maktabi xard kortlarida boshlanadi.

Turnir jadvali:


Qayd etish joiz, O'zbekiston ayni damda g'alaba qozona olmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Bugungi va ertangi o'yinlarda zafar quchish orqali guruhdagi o'rnimizni saqlab qola olishimiz imkoniyati mavjud!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing