12 apr 06:02
Yangiliklar
Billie Jean King kubogi. Xitoy - O'zbekiston 3:0
Kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyga qarshi har uchchala uchrashuvda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Yakkalik bahslarida Sabrina Olimjonova CHin yurti vakilasi Jiang Ksinyuga 3/6, 1/6, WTA reytingida 991-pog'onada borayotgan Sevil Yuldasheva esa reytingi yo'q Jeng Vu SHuangga 0/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning umumiy natijasiga tasir o'tkazmagan juftliklar bahsida esa hamyurtlarimiz Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixanova hamkorligi xitoyliklar Jiang Ksinyu hamda Yang Jao Xuan tandemiga qarshilik ko'rsata olishmadi - 0/6, 0/6.
Kunning qolgan o'yinlarida Hindiston Tailandni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, yaponiyalik tennis malikalari Janubiy Koreya terma jamoasidan 3:0 hisobida ustun kelishdi.
Fikrlar