11 apr 12:41
Yangiliklar
Tennis
Billie Jean King kubogi. Xitoyga ikkinchi uchrashuvni ham boy berdik
Poytaxtimizda nufuzli Billie Jean King kubogining Osiyo va Okeaniya birinchi guruhidan o'rin olgan o'yinlar davom etmoqda.
Hozirgina O'zbekiston va Xitoy ayollar terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi yakkalik uchrashuvi ham yakuniga etdi. Unda WTA reytingida 991-pog'onada borayotgan hamyurtimiz Sevil Yuldasheva reytingi yo'q Jeng Vu SHuangga qarshi kortga chiqdi.
2020 yildan beri rasmiy musobaqalarda ishtirok etmayotgan, faoliyatida davomida WTA reytingida 430-o'ringacha ko'tarila olgan Jeng 55 daqiqa davom etgan ushbu bahsda 6/0, 6/1 hisobida zafar quchib, Xitoyga muddatidan avval g'alabani taqdim etdi.
Birozdan so'ng boshlanadigan juftliklar uchrashuvida hamyurtlarimiz Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixanova hamkorligi xitoyliklar Jiang Ksinyu hamda Yang Jao Xuan tandemiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar