11 apr 11:24
Yangiliklar
Tennis
Billie Jean King kubogi. Xitoyga qarshi bahsni mag'lubiyat bilan boshladik
Xabar berganimizdek, bugun Toshkentda nufuzli Billie Jean King kubogining Osiyo va Okeaniya birinchi guruhidan o'rin olgan o'yinlar start oldi.
Biroz avval O'zbekiston va Xitoy ayollar terma jamoalari o'rtasidagi ilk yakkalik uchrashuvi yakunlandi. Bor yo'g'i 50 daqiqa davom etgan bahsda terma jamoaga so'nggi pallada taklif etilgan Sabrina Olimjonova CHin yurti vakilasi Jiang Ksinyuga 3/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Birozdan so'ng terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi yakkalik uchrashuvi boshlanadi. Unda WTA reytingida 991-pog'onada borayotgan hamyurtimiz Sevil Yuldasheva reytingi yo'q Jeng Vu SHuangga qarshi kortga chiqadi. Juftliklar uchrashuvida esa Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixanova hamkorligi xitoyliklar Jiang Ksinyu hamda Yang Jao Xuan tandemiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar