08 may 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilol Muhammad: "Islam, keyingi janging uchun shartnoma imzolayver"
Yarimo'rta vaznda UFC chempioni Bilol Muhammad engil vazn chempioni Islam Maxachevga murojaat qildi.
"Islam menga: "Hoy yigit, sen mening ikki karra UFC chempioni bo'lish rejalarimni barbod qilding", dedi. Hozir bazilar Della Maddalena bilan jangimni kutishmoqda. Lekin men Islamga keyingi jang uchun shartnoma imzolayverishi mumkinligini aytmoqchiman, chunki men Monrealni kamarsiz tark etmayman. Men chempion bo'lib qolaveraman.
SHunday ekan, hozirdanoq navbatdagi jangingga mashg'ulotlar yig'inini boshla — raqibing kim bo'lishidan qati nazar, sen yaxshisan!", - dedi Bilol.
Malumot uchun, Bilol Muhammad 11 may kuni UFC 315 turnirining markaziy jangida Jek Della Maddelenaga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : Red Corner
Fikrlar