09 apr 16:58
Yangiliklar
Bir "klassigimiz" Osiyo chempionati finalida, yana 3 nafari bronza uchun kurashadi
Musobaqaning ilk kuni yunon-rum kurashi bahslariga start berildi va ayni paytga kelib, final dasturida medallar uchun gilamga chiqadigan klassiklar nomi malum bo'ldi. Terma jamoamizning to'rt nafar azosi Osiyo chempionati medallari uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Quvonarlisi, yurtimiz sharafini 63 kg vazn toifasi bellashuvlarida himoya qilayotgan SHermuhammad SHaribjonov 1/4 finalda yaponiyalik Keza Maruyamani 9-3, 1/2 finalda esa qozog'istonlik Muhamedali Mamurbekni 6-5 hisobida mag'lub etdi. Endi u finalda Osiyo chempionligi uchun eronlik Iman Xosseyn Muhammadiga qarshi bahs olib boradi.
Medal uchun kurashadigan polvonlarimiz:
63 kg vazn toifasi. FINAL
SHermuhammad SHaribjonov (O'zbekiston) - Iman Hosseyn Muhammadi (Eron)
55 kg vazn toifasi bronza medali uchun
Ixtiyor Botirov (O'zbekiston) - Tayga Onishi (Yaponiya)
87 kg vazn toifasi bronza medali
Jalgasbay Berdimuratov (O'zbekiston) - Atabek Azisbekov (Qirg'iziston)
130 kg vazn toifasi bronza medali uchun
Temurbek Nasimov (O'zbekiston) - Roman Kim (Qirg'iziston)
Fikrlar