29 iyu 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Bir necha kun oldin mag'lub bo'lgan Aleksandr Volkov UFC bilan beshta jang uchun yangi shartnoma imzoladi
Og'ir vazn toifasidagi rossiyalik jangchi Aleksandr Volkov UFC Vegas 30'da Ciril Gandan mag'lub bo'lganidan so'ng UFC bilan yangi shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda uning menejeri Ivan Bannikov.
"Men barcha muxlislarga tashvishlanmasliklarini aytmoqchiman: Sasha UFC bilan beshta jang uchun yangi shartnoma imzoladi.
U UFC'dan hech qayoqqa ketmaydi, yuqoriga qaytadi va barchaga Ganga qarshi mag'lubiyat tushunmovchilik bo'lganligini isbotlaydi", - dedi menejer.
27 iyun kuni Volkov hakamlarning yakdil qaroriga binoan Ganga yutqazgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar