13 apr 14:43
Yangiliklar
Birgina kurashchi qizimiz Osiyo chempionati bronza medali uchun gilamga chiqadi
Bugundan qita chempionatida ayollar kurashi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tmoqda. Biroz avval ilk kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi va kechki dasturda medallar uchun kurashadigan sportchilar malum bo'ldi. Birozdan so'ng boshlanadigan bellashuvlarda terma jamoamizning yagona vakilasi Dilfuza Aymbetova bronza medali uchun gilamga chiqadi.
-59 kg vazndagi Aymbetova 1/4 finalda mezbonlar vakilasi Tancholpon Kibalbekovadan ustun keldi. Lekin 1/2 finalda xitoylik Jangga 0-10 hisobida yutqazib qo'ydi. Dilfuzaning bronza medali uchun bahsdagi raqibasi yaponiyalik Risako Kinjo bo'ladi.
Bugungi bellashuvlarda ishtirok etgan qolgan kurashchilarimiz Jasmina Immaeva, Madina Usmonjonova, Ariuxan Jumabaeva va Valentina Toreniyazova saralashning ilk uchrashuvlaridayoq mag'lubiyatga uchrab, Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Fikrlar