03 dek 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Dilfuza Bekova Osiyo chempionatida qozog'istonlik raqibasiga qarshi jang qildi
CHiangmayda (Tailand) boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilfuza Bekova bugun chempionatdagi ilk jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga qozog'istonlik Aida Abekeeva raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlar qozog'istonlik bokschining 4:1 hisobidagi g'alabasini elon qilishdi.
SHu tariqa, Bekova musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar