05 iyu 09:33
Yangiliklar
Birinchi MDH o'yinlarining o'tkazilish muddati o'zgardi
Musobaqa tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sabab MDH o'yinlarini avgustdan sentyabr oyining birinchi dekadasiga ko'chirishdi. Bu malumotni shaxsan Rossiya Federaciyasi sport vaziri Oleg Maticin ham tasdiqladi.
Maticinning so'zlariga ko'ra, MDH o'yinlari koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo miqyosida o'tkaziladigan katta masshtabdagi ilk yirik kompleks musobaqa bo'ladi.
Malumot uchun, Hamdo'stlik o'yinlarida Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O'zbekistondan 14 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan 3600 nafar sportchi ishtirok etadi.
MDH o'yinlari dasturidan 21 ta sport turi – basketbol, boks, sohil voleyboli, stol tennisi, badiiy gimnastika, suv polosi, dzyudo, engil atletika, suzish, sport kurashlari, sambo, qilichbozlik, mini-futbol, kurash, karate, raqs sporti, armrestling, mas-restling, tosh ko'tarish, tay boks va shaxmat o'rin olgan. Sportchilar jami 230 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.
Fikrlar