28 jan 13:31
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar, Tadbirlar			    
				
				
			
				Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi
Samarqand shahrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan kurash musobaqasi o'tkazildi.
			Milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha bahslarda yurtimiz viloyatlaridan kelgan polvonlar gilamga chiqishdi. Bahslar qizg'in va murosasiz tarzda kechdi.
O'z vazn toifalarida Xurshid CHoriev (42 kg), Abduvohid Madiyorov (46 kg), Ilhom Eshtursunov (50 kg), Oybek Orifboev (55 kg), SHerbek Bekmurodov (60 kg), Lochin Xudoyqulov (65 kg), Og'abek Tirkashev (71 kg), Orif Tursunqulov (+71 kg) barcha raqiblarini mag'lub etib, g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilishdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar