10 apr 17:48
Yangiliklar
Tennis
Birinchi raketkani mag'lub etgan Kudermetova 1/2 finalda
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 125 toifasiga kiruvchi turniri davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Polina Kudermetova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Vakilamiz 1/4 finalda turnirning birinchi rossiyalik Oksana Selexmetevaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Polina qiyin g'alabaga erishdi — 6/3, 7/6(3).
Taqqoslash uchun, ayni paytda Kudermetova WTA reytingida 151, Selexmeteva esa 73-o'rinni egallab turibdi. Bugungi uchrashuvda Polina 9, Oksana 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Selexmetevada ikki barobar ko'proq bo'ldi - 10 ga 5. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Kudermetova g'alabaga erishdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar