15 mar 14:44
Yangiliklar
Stol tennisi
Birinchi start omadsiz chiqdi
Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida stol tennisi bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon licenzion musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada start olgan terma jamoamiz vakillari o'z ishtiroklarini erta yakunlashdi.
Erkaklar o'rtasida jamoamiz etakchisi Zohid Kenjaev ilk bosqichda italiyalik Niagol Stoyanovga (1:4) qarshi bahsda, Marhabo Magdieva esa chexiyalik Xana Matelovaga (0:4) birinchi bosqichdayoq imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Ilk bellashuvlarini muvaffaqiyatli o'tkazgan Elmurod Xoliqov va Rimma Gufranova ikkinchi davrada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
SHu tariqa hamyurtlarimizning jahon licenzion turniridagi ishtiroki yakunlandi. Taqvimga ko'ra, 18-20 mart kunlari Doxaning o'zida Osiyo qitasi uchun licenzion turnir bo'lib o'tadi. Yurtdoshlarimizga bo'lajak bellashuvlarda omad tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar