31 okt 14:08
Yangiliklar
Birozdan so'ng Belgradda UWW Kongressi boshlanadi, unda hamyurtimiz nomzodi vice-prezidentlikka qo'yilgan
Xabaringiz bor, 1-7 noyabr kunlari aynan Belgrad shahrida yoshlar (U 23) o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi. Kongress ushbu chempionat oldidan tashkil etilyapti. Unda bir qator masalalar muhokama qilinadi, hisobotlar tinglanadi, rejalar tasdiqlanadi.
Kongressning biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi o'rinbosari, professor Ahrol Ro'ziev nomzodi yangi olti yillik (2021-2026) muddatga UWW vice-prezidentligi uchun ilgari surilgan.
Malumot uchun, Ahrol Ro'ziev 2014 yildan to shu kungacha UWW vice-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Aynan 2014 yil Toshkentda o'tgan Kongressda FILA nomi UWWga o'zgartirilgan edi. SHunisi bilan ham Toshkent Kongressi tarixiy hisoblanadi.
Fikrlar