18 jan 09:17
Yangiliklar
Birozdan so'ng tennischimiz Australian Open 2026 turniridagi ishtirokini boshlaydi
O'z tarixida 114-marotaba tashkil etilayotgan, umumiy mukofot jamg'armasi rekord daraja - 111,5 million AQSH dollariga etkazilgan Avstraliya Ochiq chempionatining ayollar o'rtasidagi asosiy to'r bahslarida mamlakatimizning birinchi hamda uchinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova yurtimiz sharafini himoya qiladi. Saralash turnirida omadini sinab ko'rgan ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva esa ilk bosqichdayoq yaponiyalik tennischiga yutqazib qo'ygandi.
Birozdan so'ng Polina Kudermetova asosiy to'rning ilk davrasida kvalifikaciya, yani saralash raundi g'oliblaridan biri ispaniyalik Giomar Maristaniga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 10:10da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun, 22 yoshli Polina Kudermetova WTA reytingida roppa-rosa 150, to'liq ism-sharifi Giomar Maristani Zuleta de Reales bo'lgan 26 yoshli ispan tennischisi 184-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ladi. Polina g'alaba qozongan taqdirda, ikkinchi davrada daniyalik Klara Tauson yoki vengriyalik Dalma Galfiga ro'baro' bo'ladi.

Fikrlar