29 fev 10:10
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bishkek koronavirus sabab Osiyo kvalifikacion musobaqasi mezbonligidan voz kechdi
Avval xabar berganimizdek, 27-29 mart kunlari Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Tokio-2020 Olimpiada yo'llanmalari o'ynaladigan Osiyo kvalifikacion turniri o'tkazilishi kerak edi.
Lekin Qirg'iziston hukumati koronavirus xavfi sabab ushbu nufuzli musobaqa mezbonligidan voz kechdi. Kecha SHveycariyada joylashgan Birlashgan kurash dunyosi (United World Wrestling) federaciyasi shtab kvartirasidan barcha azo mamlakat associaciyalariga bu borada ogohlantiruvchi maktub jo'natilgan.
"Ayni paytda Osiyo kvalifikacion turnirining qachon va qaerda o'tkazilishi malum emas. Kelasi hafta Xalqaro olimpiya qo'mitasi bilan birgalikda bu masalani muhokama qilamiz va shundan so'ng yangiliklarni etkazamiz", - dedi Birlashgan kurash dunyosi Bosh kotibi Mishel Dyusson.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar