28 avg 12:24
Yangiliklar
Dzyudo

Bishkekda dzyudo Markazi qurilishi boshlandi FOTOREPORTAJ
Qirg'iziston dzyudo federaciyasi tarixiy voqeylikka qo'l urdi.
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) xayrixohligida Bishkek shahridagi tashlandiq obektda zamonaviy Qirg'iziston milliy dzyudo Markazining qurilishi boshlandi. Qurilishning birinchi kuni kadetlar, yoshlar va kattalar terma jamoasi azolari hashar yo'li bilan obektda tozalash ishlari olib borildi.
Qirg'iziston dzyudo federaciyasi prezidenti Joldoshbek Kolbaevning so'zlariga qaraganda, 3500 kvadrat metr maydondagi dzyudo Markaziga IJF tomonidan 8 ta tatami taqdim etiladi. Bu erda shuningdek, mehmonxona, oshxona, fitnes-zal, konferenciyalar uchun mo'ljallangan zal ham bunyod etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar