07 dek 08:14
Yangiliklar

Bishkekda o'tgan Octagon 67 turnirida atigi bir hamyurtimiz g'alabaga erishdi
Xabar berganimizdek, turnir doirasida besh nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi oktagonga ko'tarildi.
Afsuski, ular orasida faqatgina Sardor Xudoyberdiev raqibi ustidan g'alabaga erishdi. U Qirg'iz Respublikasi jangchisi Kalisbek Saidibragimni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. Qolgan sportchilarimiz mezbonlarga qarshi kechgan janglarda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Yarim engil vaznda: Sardor Xudoĭberdiev (8-3) vs Kalisbek Saidibragim (Qirg'iz Respublikasi, 5-5), (ochkolar hisobiga ko'ra)
Yarim o'rta vaznda: Suren Petrosyan (8-6) vs Marat Esenbekov (Qirg'iz Respublikasi, 7-1), (ochkolar hisobiga ko'ra)
O'ta engil vaznda: Bobur Rahmatov (3-4) vs Ramazan Amuev (Qirg'iz Respublikasi, 6-3), (1-raundda sabmishen)
O'ta engil vaznda: Jahongir Almaxamatov (2-1) vs Guljigit Adilet uulu (Qirg'iz Respublikasi, 5-0), (1-raundda sabmishen)
O'ta engil vaznda: Husniddin Nasreddinov (2-1) vs SHergazi Bolotbek uulu (Qirg'iz Respublikasi, 4-0), (1-raundda TKO).
Fikrlar