30 mar 09:13
Yangiliklar

Bitta jangi bekor bo'lgan UFC on ESPN 64 turnirining barcha natijalari bitta xabarda
Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni meksikalik Brendon Moreno hamda avstraliyalik Stiv Erceg o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang oldidan Moreno vazn reytingining ikkinchi, Erceg esa sakkizinchi pog'onasidan joy olgandi. Besh raund to'liq davom etgan jangda Brendon hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Uchchala hakam ham bir xilda, 49–46 hisobida mezbon yakkakurash ustasining g'alabasini taminladi.
Jangga bir necha soat qolganida amerikalik o'rta vazn toifasi vakillari Kelvin Gastelum va Jo Payferning jangi bekor qilindi. Bunga Payferning jarohati sabab bo'lgani aytilmoqda. UFC bu malumotni rasman tasdiqladi. Ushbu yo'qotish sabab UFC on ESPN 64 turniri doirasida 12 ta jang o'tkazildi.
UFC on ESPN 64 turnirining barcha janglari
Manuel Torres Dryu Doberni 1-raundda texnik nokautga uchratdi
Edgar CHayres Sidjey Vergarani 1-raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi
Raul Rosas Junior Vins Moralesni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29–28, 29–28, 29–28)
Devid Martines Saymon Oliveyrani 1-raundda texnik nokautga uchratdi
Kevin Borxas Ronaldo Rodrigesdan ustun keldi (29–28, 30–27, 30–27)
Ateba Gote Xose Medinani 1-raundda nokaut qildi
Melkizael Kosta Kristian Rodrigezdan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29–28, 29–28, 29–28)
Lupita Godines Juliya Polastrini ochkolar bo'yicha yutdi (29–28, 29–28, 29–28)
Rafa Garsiya Vins Pichelga mag'lubiyat taqdim etdi (30–27, 30–27, 29–28)
Jamal Emmers Gabriel Mirandani 1-raundda texnik nokaut evaziga engdi
Markuel Mederos Ostin Xabbard ustidan zafar quchdi (28–29, 29–28, 29–28).
Fikrlar