12 fev 19:01
Yangiliklar

Bivol? Golovkin? Bularning hammasi mish-mi? Kaneloning murabbiyi oydinlik kiritdi
Kuni kecha Saul Alvares (57-1-2, 39 KO) Eddi Xirnning "Matchroom Boxing" jamoasi bilan ikki janglik shartnoma imzolash arafasida turgani haqidagi mish-mishlar meksikaliklar jamoasi tomonidan rad etildi.
"Kaneloning navbatdagi jangi uchun takliflar borligini elon qilishdan xursandman. Muzokaralar jarayoni hamon davom etmoqda. Yakuniy qaror qabul qilinmadi”, - dedi Alvaresning murabbiyi Twitter'da.
ESPN malumotlariga ko'ra, Alvares va Xirn kamida 85 million dollarlik ikki jangdan iborat shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdilar. Tarqalgan malumotlarga ko'ra, birinchi jangda Saul go'yoki yarim og'ir vazn toifasiga qaytadi va u erda may oyida WBA chempioni Dmitriy Bivolga qarshi bahs olib boradi. Ushbu shartnoma bo'yicha taklif qilingan ikkinchi jang sentabr oyida o'rta vaznda IBF chempioni Gennadiy Golovkin bilan trilogiya bo'ladi.
Takidlanishicha, Kanelo endi Showtime/PBC taklifini (may oyida Jermall CHarlo bilan jang qilish) ko'rib chiqmayapti, biroq uning jamoasi buni tasdiqlamadi.
"Ayni paytda, kecha elon qilingan barcha malumotlar asossiz. SHartnoma imzolangandan so'ng, jamoamiz birinchi bo'lib jamoatchilikni xabardor qiladi", - deya takidladi Reynoso.
Fikrlar