07 may 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Kanelo - Krouford jangi haqida fikr bildirdi
Jahon chempioni Dmitriy Bivol Saul "Kanelo" Alvares va Terens Krouford o'rtasida bo'ladigan jang haqida fikr bildirdi.
"Krouford bu jangni xohlayapti, juda ham. U Kanelo bilan jangda Skallga nisbatan ancha faol bo'ladi. Uning mentaliteti boshqacha — u chempion. O'ylaymanki, jang ancha qiziqarli kechadi.
Krouford Kaneloni ringda bemalol harakat qilishiga yo'l qo'ymaydi deb o'ylayman. [Skallga qarshi jangda] Kanelo xohlaganini qildi, dam olish zarur bo'lib qolgan vaqti dam oldi. Krouford bilan jang vaqtida unga bu qadar oson bo'lmaydi. Kim g'olib chiqadi? Bilmayman", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar