17 apr 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol keyingi jangi taxminan qachon bo'lishini aytdi
Prof boksning yarim og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol navbatdagi jangi qachon o'tkazilishini malum qildi.
"Sizni qachon ringda ko'rishimiz mumkin? Umid qilamanki, shu yilning o'zida. Noyabr yoki dekabr oyida", deya Bivolning so'zlaridan iqtibos keltiradi Match TV portali.
Eslatib o'tamiz, Bivol 23 fevral kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo'lib o'tgan so'nggi jangida Kanada vakili Artur Beterbievni ochkolar hisobiga ko'ra engib, yangi mutlaq chempionga aylanib olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar