04 mar 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29658_220.jpg)
Bivol nokaut evaziga chempionlik kamarini himoya qildi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi davom etmoqda.
Hozirgina kechaning nufuzi jihatidan ikkinchi jangi yakunlandi. Unda yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol kubalik Sallivan Barreraga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangning so'nggi raundi o'tib borayotgan bir pallada Bivol kuchli zarba evaziga raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Referi sakkizgacha sanagan bir paytda Barrera zo'r-bazo'r o'rnidan tura oldi. Lekin hakam jangni to'xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar