03 noy 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Ramiresga qarshi jang haqida: "Qiyin bo'lishi aniq"
Yarim og'ir vazn toifasida WVA chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol meksikalik Xilberto Ramiresga qarshi qiyin jang haqida gapirdi.
"Ha, qiyin bo'lishi aniq. Ramires 101% qiyin raqib. Lekin men qiyinchiliklarni yaxshi ko'raman. Bu men va 44 nafar jangning barchasida g'alaba qozongan raqibim uchun yaxshi", - dedi Bivol mashg'ulotdan so'ng.
U faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini Ramiresdan qabul qilib olishga tayyormi yoki yo'q? Bivol savolga javob berdi.
"Umid qilaman. Ishonaman! Men bunday bo'lmasligi uchun mashq qildim".
Eslatib o'tamiz, Bivol - Ramires jangi 5 noyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar