31 okt 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol Ramiresga qarshi jangda qaysi bayroq ostida ringga ko'tariladi?
Yarimog'ir vazn toifasida (79,4 kg gacha) WBA chempioni Dmitriy Bivol 5 noyabr kuni Abu-Dabida Xilberto Ramiresga qarshi Rossiya bayrog'i ostida ringga chiqishi mumkin.
"Bivolning Rossiya bayrog'i ostida jangga chiqishi masalasi muhokama qilinmoqda. Ko'p narsa WVA poziciyasiga bog'liq bo'ladi. Muzokaralar davom etmoqda", — deya xabar beradi TASS.
Bu malumotni bokschining o'zi ham tasdiqladi.
"Ha, bo'lishi mumkin. Hammasi WVA poziciyasiga bog'liq", - deydi Bivol.
Bivol so'nggi jangida Saul Alvaresni hakamlar qarori evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar