03 noy 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Ramiresga qarshi jangdan oldin ochiq mashg'ulot o'tkazdi + FOTO
CHempion Dmitriy Bivolning Xilberto Ramiresga qarshi jangiga oz vaqt qolmoqda.
Rossiyalik bokschi, yarimog'ir vaznda WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol navbatdagi jangiga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda. U 5 noyabr kuni Abu-Dabida meksikalik Xilberto Ramiresga qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur jang Bivol uchun himoya jangi hisoblanadi.
Ushbu jangda Dmitriy Bivolni qo'llab-quvvatlash maqsadida bokschilarimiz Bahodir Jalolov, SHahram G'iyosov va kuni kecha tavallud ayyomini nishonlagan Murodjon Ahmadalievlar Abu-Dabida bo'lib turishibdi.
Bokschilar allaqachon musobaqa joyiga etib borishgan. Dmitriy Bivol esa Yas orolidagi Yas Mall savdo ko'ngilochar markazida muxlislar oldida ochiq mashg'ulot o'tkazdi.
Havola :
Manba : twitter.com/DAZN Boxing
Fikrlar