04 noy 18:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Ramiresning gaplariga munosabat bildirdi
WBA yo'nalishida yarimog'ir vazn toifasi chempioni Dmitriy Bivol meksikalik raqibi Xilberto Ramiresning so'zlariga javob qaytardi.
Avvalroq, Ramires Dmitriyni faoliyatidagi eng qiyin raqib sifatida ko'rmasligi haqida gapirgandi.
"Men jamoamdan Ramires bilan jang tashkil etib berishlari haqida ko'p so'radim. Ammo barchasi menga bog'liq emas. U meni eng kuchli raqib deb hisoblamasligi? To'g'risi, bu meni hayron qoldirmayapti. U nimalarni o'ylayotgani menga qiziq emas. Aksincha, men uni faoliyatimdagi eng qiyin raqiblardan biri deb hisoblayman. Bunday fikr menga diqqatni saqlab qolishga yordam beradi. U yaxshi jangchi, rekordi 44-0 ni tashkil etadi. SHuningdek u baland bo'yli, chapaqay va o'ziga ishongan. Men buni esdan chiqarib qo'ymayman", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar