22 apr 13:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Usik bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob qaytardi
Boks bo'yicha rossiyalik jahon chempioni Dmitriy Bivol ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang qilish haqidagi savolga javob berdi.
"Usik bilan jang? Yo'q, buning ehtimoli yo'q. Biz turlicha vazn toifasidamiz", — deb javob berdi Bivol.
Eslatib o'tamiz, Bivol so'nggi jangini 22 fevral kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) vatandoshi Artur Beterbievga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga g'alabaga erishgan va mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : Советский спорт
Fikrlar