28 fev 16:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol va Beterbiev ESPN’ning P4P reytingidan chiqarildi
Nufuzli ESPN portali vazn toifasidan qati nazar jahonning eng yaxshi bokschilari reytingini yangiladi.
Yangi tahrirda rossiyalik Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev faollik yo'qligi sababli reytingdan chiqarildi.
Ikki bokschi so'nggi jangini 2025 yil 23 fevral kuni o'zaro o'tkazgan edi. SHuningdek, Mario Barriosni mag'lub etib, WBC yo'nalishida jahon chempioniga aylangan Rayan Garsiya ham etarlicha ovoz to'play olmagani uchun top-10 ga kiritilmadi.
ESPN talqiniga ko'ra 27 fevral holatiga P4P reytingi:
1. Aleksandr Usik (24-0).
2. Naoya Inoue (32-0).
3. Jessi Rodriges (23-0).
4. SHakur Stivenson (25-0).
5. Devid Benavides (31-0).
6. Dzyunto Nakatani (32-0).
7. Devin Xeyni (33-0).
8. Jaron Ennis (35-0-0-1).
9. Saul Alvares (63-3-2).
10. Virjil Ortis (24-0).
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar