16 okt 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivolning menejeri: "U protestni xohlamayapti, lekin..."
Rossiyalik professional bokschi, yarim og'ir vaznda sobiq Jahon chempioni Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov protest bilan bog'liq holatga to'htaldi.
Avvalroq, Bivol jamoasi Artur Beterbievga qarshi jangdan so'ng 116:112 hisobi uchun protest kiritishini malum qilgandi.
"To'g'risini aytsam, Dmitriy bu borada bizni qo'llab-quvvatlamaydi. U jangdan keyin bazi savollar qolayotganiga rozi, ammo u revansh jangi bo'lishi kerak deb hisoblaydi va aynan jangda ularga javob berishi kerakdek.
Jangni qayta ko'rib chiqqanimdan so'ng, jang raqobatbardosh va yaqin bo'lganiga ishonaman, har ikki sportchi ham g'alaba qozonish uchun qo'lidan kelganini qilishdi, ularga faqat hurmat bo'lishi mumkin. Lekin biz, hech bo'lmaganda, hakamning 8-4 qarorini qayta ko'rib chiqishini so'rash imkoniyatiga egamiz", dedi Kornilov.
Havola :
Manba : news_matchtv
Fikrlar