25 apr 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA
"Biz seni kutyapmiz, malika!" – Ian Gerri Maxachevga keskin murojaat qildi
Yarim o'rta vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan irlandiyalik Ian Garri UFC chempioni Islam Maxachevning iyul oyida oktagonga qaytish tayyorligiga ishora qilgan postiga munosabat bildirdi.
Avvalroq Maxachev qo'l jarohati tufayli reabilitaciya jarayonidan o'tayotgani, uning qaytishi taxminan avgust oyida amalga oshishi haqida malumot paydo bo'lgan edi.
"Avvaliga qo'lingda jarohat borligini aytganding. Dana avgust haqida gapirsa, sen iyul haqida gapiryapsan. Qaysi biriga ishonaylik? May oyida oxirgi marta rad javobini berganingdan beri tayyorman. Hammamiz seni kutyapmiz, malika!", - deb yozdi Garri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ian Garri 22 noyabr kuni Qatardagi UFC turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan asli falastinlik AQSH sharafini himoya qilayotgan Belal Muhammadni mag'lub etgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar