10 dek 18:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Bizda ilk yarim final - Asilbek Jalilov JCH chorak finalida g'alabaga erishdi!
Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining chorak finallari boshlandi.
Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov chorak finalda Serbiya vakili Artur Nagapetyanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz 4:1 hisobida g'alabaga erishib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Asilbek chorak finalga qadar Turkiya va Gana vakillarini musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Endi bokschimiz final yo'llanmasi uchun ertaga Rossiya vakiliga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar