30 avg 09:30
Yangiliklar

Bloger Jeyk Pol sobiq UFC chempioni Tayron Vudliga qarshi ringga ko'tarildi
Oqshomning markaziy jangida taniqli bloger, 24 yoshli Jeyk Pol yarim o'rta vaznda sobiq UFC chempioni, 39 yoshli Tayron Vudliga qarshi ringga ko'tarildi. Boks qoidalari asosida o'tgan va sakkiz raund to'liq davom etgan jangda biroz kutilmagan natija kuzatildi.
Hakamlar 77-75, 75-77, 78-74 hisobida Jeyk Polning g'alabasini taminlashdi. Hakamlardan ikki nafari g'alabani blogerga bergan. Tayron Vudli UFC promoushenida 2013 yildan 2021 yilga qadar jami 28 ta jang o'tkazgan. Hisobida 19 g'alaba, 7 mag'lubiyat bor. SHu yilning aprelida u UFC promoushenidan haydalgan edi.
Bu Jeyk Pol uchun MMA jangchisiga qarshi o'tkazgan janglaridagi to'rtinchi g'alaba bo'ldi. Bungacha u Ali Eson Gib, Neyt Robinson va Ben Askrenni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar