16 fev 17:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/205066_220.jpg)
Bob Arum: "Dillian Uayt Fyuri bilan bo'ladigan jangi uchun ko'p pul so'ramoqda"
“Biz tenderda g'olib chiqdik va bazi shartlarni bajarishimiz kerak edi. Ulardan biri WBC'ga garovning 10% ni o'tkazishdir. Biz buni belgilangan muddatdan bir kun oldin bajardik.
SHunday qilib, hozirda 4 million dollaridan ortiq pulimiz WBC'ning hisobida turibdi. Keyin biz barcha tomonlarga shartnomalar yubordik. Albatta, Fyuri uning nusxasini imzoladi.
Bizda Dillian Uayt bilan muammo yuzaga keldi. Avvaliga ular jangni tashkil qilish uchun ko'proq pul istashlarini aytdi.
O'ylaymanki, ular baribir ko'p pul olishadi. Ammo bu ularning hududi emas va ular o'z shartlarini o'tkaza olmaydi. Uaytning advokati shartnomani imzolab, bizga yuborishlarini aytdi.
SHartnoma kelasi hafta bizga qaytib keladi. SHundan so'ng Frenk Uorren matbuot anjumani o'tkazadi», - dedi Arum.
Fikrlar