31 mar 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Bob Arum Fyuri - Joshua jangini tashkil etish ehtimoli haqida gapirdi
Tayson Fyurining promouteri Bob Arum mijozining Entoni Joshuaga qarshi jangini tashkil etish ehtimoliga to'xtaldi.
"Joshua o'ziga bo'lgan ishonchni qaytib olgan ko'rinadi. Agar u shu ruhda davom etsa, xavfli bo'ladi. Keling, Fyuri - Usik jangi qanday bo'lishini o'ylab ko'ramiz. Agar u ajoyib o'tsa, muxlislar yana bu jangni ko'rishni istashsa, Fyuri - Joshua to'qnashuvi ikkinchi planga tushadi.
Agar jang bir tomonlama o'tib, Fyuri Usikni taslim etsa nima bo'ladi? Bunday holatda qarorni Turki Al ash SHayh qabul qiladi. U Fyuri - Joshua jangi borasida qandaydir kelishuv o'ylab topishi mumkin", - dedi Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar