22 dek 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Bob Arum: "Har ikkisi ham rozi!"
Promouter Bob Arum mijozi Tayson Fyurining navbatdagi jangi Aleksandr Usikka qarshi bo'lishi haqida gapirdi.
"Fyuri va Usik navbatdagi janglarida bir-birlariga qarshi to'qnash kelishga kelishib olishdi.
"Usik mening yaxshi do'stim, u juda aqlli. Tayson esa supermen. Atletizim tomonlama ham, intellektual tomonlama ham. Ularning har ikkisi ushbu jangni istaydi, shuning uchun bu borada muammolar kam bo'ladi. Ularning har ikkisi ham rozi.
Hozirgi masala - jang sanasi va manzili. Ammo ushbu jang aniq amalga oshadi. Bu kelasi yilning dastlabki to'rt oyligida bo'ladi. Bu borada Yaqin SHarqdan, shuningdek Britaniyadan variantlarni ko'rib chiqyapmiz", - dedi Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar