29 noy 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Bob Arum Top Rank kompaniyasini sotishga tayyormi? Mashhur promouter bunga javob berdi
Top Rank rahbari Bob Arum 2020 yilda nima sababdan kompaniyasini sotishmoqchi bo'lgani haqida gapirdi.
Malumot uchun, 2020 yilda Bob Arum o'zining Top Rank kompaniyasining bir qismini sotmoqchi bo'lgan edi.
"Kompaniyaning bir qismini sotmoqchi edik, lekin biz kutgan darajada ko'p pul taklif qilishgani yo'q. Xudoga shukr, Todd va bizdagi yosh xodimlar tufayli hozirda yaxshi ishlayapmiz. Biz hech qachon hozirgidek daromad topmaganmiz.
SHuning uchun, hozir Top Rankʼni sotib olish juda va juda qimmat. Hech kim buncha pul bermaydi. Bundan tashqari, kompaniyaning bir qismini sotishdan ham foyda yo'q. Bu pulni nima qilamiz?" - dedi Bob Arum.
Eslatib o'tamiz, Top Rank kompaniyasi 1973 yilda Bob Arum tomonidan asos solingan va shundan beri jahon boksida etakchi o'rinlardan birini egallab kelmoqda.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar