01 may 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: "Ustunlikni meksikalik jangchiga beraman"
Taniqli boks promouteri Bob Arum yarimog'ir vaznda WBA kamari uchun bo'lib o'tadigan Dmitriy Bivol va Saul Alvares jangi oldidan taxmin bildirdi.
"Kaneloni haqiqatan ham o'ziga xos jangchi deb o'ylayman. Bivol ham yaxshi jangchi, ammo bo'lajak bahsda ustunlikni Kaneloga beraman. Alvares haqiqiy jangchi, unda Eddi Reynosodek ajoyib murabbiy bor.
Menimcha, u Bivolni ancha qiynaydi. Biroq, bu Dmitriyga muammo tug'dirmaydi, chunki u yaxshi g'alabalarga ega tajribali jangchi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar