17 fev 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum va Lu DiBellaning suhbatidan so'ng Bahodir Jalolov Jared Andersonni jangga chorladi
Professional boksdagi ajoyib yurishini davom ettirayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov AQSHlik bokschi Jared Andersonni jangga chorladi.
Hammasi, mashhur promouter Bob Arum Tvitterda Jared Andersonni og'ir vazn kelajagi deb qayd etganidan so'ng boshlandi. SHundan keyin, promouter Lu DiBella Bob Arumga Bahodir Jalolov ismini eslab qolishi haqida yozadi.
Hamyurtimiz ikki promouterga javoban ushbu jangni tashkil qilish haqida yozdi: "Keling ushbu jangni tashkil qilamiz", -deb yozadi Bahodir Jalolov. Keyinroq esa, "Men tayyorman", - deb qo'shib qo'yadi bokchi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar