09 fev 12:59
Yangiliklar
Dzyudo

Bobonov bugungi ishtirokimizni g'alaba bilan boshlab berdi
Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.
Hozirgina Paris Grand Slam 2020 musobaqasining -90 kg vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etayotgan dzyudochimiz Davlat Bobonov ilk uchrashuvini yakunladi.
Bobonov Seyshel orollari vakili Nantenaina Finessega qarshi bahs olib bordi va raqibini ippon bahosi evaziga mag'lub etdi. Davlatning ikkinchi bosqichdagi raqibi birozdan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar