25 sen 09:37
Yangiliklar

Bobonov, To'raboev va yana 9 dzyudochimiz Prague European Open turnirida ishtirok etadi
Prague European Open 2025 turnirida dunyoning 38 davlatidan jami 435 nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishadi. Praga tatamilarida terma jamoamizning 11 nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Olimpiya o'yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To'raboev ham bor.
Dzyudochilarimiz bugun Slovakiya yig'inini yakunlab, CHexiyaga yo'l olishadi. Ertaga musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Prague European Open 2025`da qatnashadigan dzyudochilarimiz:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: SHukurjon Aminova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov
-73 kg: Abdurahim Nutfulloev
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev
Fikrlar