10 fev 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Bobousmon Baturov Rossiyada mezbon raqibini mag'lub etdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.
Ushbu oqshom doirasida jahon chempionati sovrindori, hamyurtimiz Bobousmon Baturov rossiyalik Tixon Netyosovga qarshi jang o'tkazdi.
8 raundga belgilangan jang to'liq davom etdi. Unda Bobousmon ochkolar evaziga g'alaba qozondi va prof ringdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Bu Baturov uchun prof ringdagi to'rtinchi jang edi. Bahslarning uchtasida u g'alaba qozondi. Bitta jangda esa durang qayd etgan.
Netyosov esa 17-marotaba ringga ko'tarildi. 11 marta u raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, bugun faoliyatidagi 6-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar