30 noy 21:21
Yangiliklar

Bobousmon Baturovning jangida durang qayd etildi
Mazkur jang oqshomi doirasida hamyurtimiz Bobousmon Baturov ham ringga ko'tarildi. Ushbu jangda Bobousmonga Kongo Demokratik Respublikasi vakili Maykl King raqiblik qildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Bahs yakuniga ko'ra, hakamlar durang qayd etishdi (76-74 Baturov, 78-72 King, 75-75 durang).
Malumot uchun, bu Baturov uchun prof boksdagi 5-jang bo'ldi. U janglarining uchtasida g'alaba qozongan. Bugun faoliyatidagi 2-durangni qayd etdi. King esa 9-jangini o'tkazdi. U bungacha 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgandi.
Avvalroq ushbu boks oqshomi doirasida hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov o'z jangini o'tkazib, g'alabaga erishgandi. Birozdan so'ng esa Odiljon Aslonov WBA Asia kamari uchun rossiyalik Nikita Zonga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar