03 apr 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Abdulazizov navbatdagi jangini anons qildi (POSTER)
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Bobur Abdulazizov yana oktagonga qaytmoqda.
U 11 aprel kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-SHolak" arenasida tashkil etiladigan Barys&Nomad Fighting qo'shma turnirida ishtirok etadi.
O'sha kuni hamyurtimizga qozog'istonlik Kanat Kulmagambetov raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Bobur Abdulazizov MMAdagi faoliyati davomida hozirgacha 34 ta jang o'tkazib, 21 g'alaba va 13 mag'lubiyat qayd etgan. 30 yoshli Kanat Kulmagambetov hisobida esa 9 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Fikrlar