30 jan 23:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Abdulazizov Prime FL turnirida rossiyalik raqibini mag'lub etdi
Toshkent shahridagi "Humo Arena" Prime FL turniriga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu musobaqa doirasida taniqli MMA jangchimiz Bobur Abdulazizov ham o'z jangini o'tkazdi.
Mazkur jangda hamyurtimizga rossiyalik SHamil Galimov raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning ayri qaroriga ko'ra Bobur Abdulazizov g'alabaga erishdi.
Jang davomida hamyurtimiz nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsada, yakunda bahsni o'z foydasiga hal qila oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar