12 jan 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Abdulazizovning qo'lqopsiz janglardagi raqibi elon qilindi + POSTER
30 yanvar kuni poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" majmuasi qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turniriga mezbonlik qiladi.
Tashkilotchilar musobaqaning navbatdagi qarama-qarshiligini elon qilishdi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Bobur Abdulazizov turnir doirasida rossiyalik bokschi SHamil Galimov bilan to'qnash keladi.
Bu har ikki sportchi uchun qo'lqopsiz janglar qoidasi bo'yicha o'tadigan ilk jangga aylanadi. Avvalroq, turnirning markaziy bellashuvi hamyurtimiz Bobur Qurbonov hamda rossiyalik UFC sobiq jangchisi Denis Tyulyulin o'rtasida kechishi haqida xabar bergan edik.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar