30 sen 12:30
Yangiliklar
Paralimpiya

Bobur Omonov Jahon chempionatida ikkinchi bo'ldi
Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan para engil atletika bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi medaliga ega chiqdi.
Erkaklar o'rtasida F41 toifasida o'tkazilgan yadro uloqtirish bellashuvlarida ikki hamyurtimiz — Bobur Omonov hamda Boburjon Isomiddinov ishtirok etdi. Yakunda 24 yoshli Bobur Omonov 12.36 m natija bilan kumush medalni qo'lga kiritib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Isomiddinov esa 9.79 m natija orqali shaxsiy rekordini yangiladi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F41)
1. Niko Kappel (Germaniya) - 13.34
2. Bobur Omonov (O'zbekiston) - 12.36
3. Ayal Sivcev (Neytral maqomdagi sportchi) - 11.98
Endilikda Omonov hisobida Jahon chempionatlarining 4 ta medali bor: 2 ta oltin va 2 ta kumush.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar