06 dek 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Qurbonovning raqibi aniq, jang chempionlik kamari uchun bo'ladi + POSTER
Bobur Qurbonov biroz tanaffusdan so'ng oktagonga qaytmoqda.
Bobur Qurbonov 17 dekabr kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadigan MMA Series 60 turnirida jang qilishi to'g'risida xabar bergan edik. Hamyurtimizning raqibi aniq bo'ldi. Qurbonov 5 raundga mo'ljallangan chempionlik jangida mezbonlar vakili Sergey Bobrishevga qarshi oktagonga ko'tariladi.
«Kutish jonga tegdi, shuning uchun ham qisqa vaqt qolgan bo'lsada 5 raundlik chempionlik jangini qabul qilishga rozi bo'ldik. YO hammasi yo hech narsa», - deb yozib qoldirdi sportchi Instagramda.
Eslatib o'tamiz, Bobur Qurbonov so'nggi jangini MPL-4 da rossiyalik Vladislav SHabalinga qarshi o'tkazib g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar